O'zbekiston milliy terma jamoasi o'rtoqlik bahsida Suriya bilan kuch sinashib, 4:1 hisobida g'alaba qozondi.

Dastlab, 28-daqiqada Sherzod Esanov hisobni ochdi. Birinchi bo'limning so'nggi daqiqasida Paxtakor yarim himoyachisi Akmal Mozgovoy farqni 2 taga yetkazdi.

48 va 90-daqiqalarda terma jamoa hujumchisi Husayn Norchayev ikki gol urib, dublni rasmiylashtirdi. Suriya esa 90+3-daqiqada hisobni qisqartirishga muvaffaq bo'ldi.

Ma'lumot o'rnida, Fabio Kannavaro boshchiligidagi "oq bo'rilar" navbatdagi uchrashuvini 6-oktyabr kuni Janubiy Koreya terma jamoasiga qarshi o'tkazadi.